O‘zbekistonda Germaniya tajribasi asosida yoshlarni kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar negizida amalga oshiriladigan Ausbildung dual ta’lim dasturi namuna sifatida olindi, dedi oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini (so‘nggi bor 2023-yil oktabrda berilgan) aytib, buni ta’lim sifati va ishsizlik bilan bog‘ladi. Vazirlik bunday litsenziya berishni takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov kelgusi o‘quv yilida bakalavriatga umumiy qabul kvotalari 200 mingdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu esa oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshishini ta’minlaydi, dedi u.
Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting